UVCh-terapiya (ultra yuqori chastotali terapiya) — toʻqimalarga ultra yuqori chastotali elektromagnit maydon taʼsir koʻrsatadigan fizioterapiya usuli. Muolaja chuqur isituvchi, yalligʻlanishga qarshi va ogʻriq qoldiruvchi taʼsirga ega.
UVCh qon aylanishini yaxshilaydi, toʻqimalar tiklanishini tezlashtiradi, shish va yalligʻlanishni kamaytirishga yordam beradi. Ijobiy natijaga 6–10 muolajadan keyin erishish mumkin.
Koʻrsatmalar
- LOR aʼzolari kasalliklari
- sinusit va otit
- bronxit
- oʻtkir va surunkali yalligʻlanish jarayonlari
- osteoxondroz
- radikulit
- periferik nervlarning shikastlanishi
- jarohatlar va ulardan keyingi tiklanish
Qarshi koʻrsatmalar+
- onkologik kasalliklar, mioma, mastopatiya
- yurak-qon tomir yetishmovchiligi
- yuqori arterial bosim
- tana haroratining koʻtarilishi
- pnevmoskleroz va pnevmofibroz








